Testbor

Bir nechta sonlarning o'rta arifmetigi - bu sonlar yig'indisining, ularning soniga bo'lish orqali topiladi.

Masalan, 678 sonlarining o'rta arifmetigini topamiz.

1) Sonlarning yig'indisi: 6+7+8=21

2) Sonlarning yig'indisini ularning soni 3 ga bo'lamiz.

21:3=7

Demak, sonlarning o'rta arifmetigi 7 ga teng.

O'rta arifmetik - bu ma'lumotlar qatoridagi barcha sonlar yig'indisining, ularning umumiy soniga bo'lish orqali topiladigan qiymat.

Masalan, Umarning bir hafta davomida matematika fanidan olgan baholari 4, 5, 34 bo'lsa, uning shu haftada matematika fanidan olgan o'rtacha bahosini toping.

1) Ma'lumotlar qatoridagi sonlarning yig'indisini topamiz: 4+5+3+4=16

2) Ma'lumotlar qatoridagi sonlarning yig'indisini, ularning umumiy soni 4 ga bo'lamiz.

16:4=4

Demak, Umarning bir haftada matematika fanidan olgan o'rtacha bahosi 4 ga teng.

Ma'lumotlar qatorining o'zgarish oralig'i deb sonlar qatoridagi eng katta sondan eng kichik sonning ayirmasiga aytiladi.

Masalan, quyidagi jadvalda futbol yulduzi KilianMbappening oxirgi beshta mavsumida urgan gollari soni berilgan.

Mavsum

2018/2019 2019/2020 2020/2021 2021/2022 2022/2023

Gollar soni

42 30 42 39 41

Jadvaldagi ma'lumotlardan foydalanib, ma'lumot qatorining o'zgarish oralig'ini topamiz.

geogebra

Ma'lumotlar qatorining modasi deb, ma'lumotlar qatorida eng ko'p takrorlangan songa aytiladi.

Masalan, quyidagi jadvalda avtomobillarning 100km masofaga o'rtacha necha litr yoqilg'i sarflashi keltirilgan.

Cobalt

Gentra Nexia 3 Spark Damas
8litr 8litr

7litr

6litr 9litr

Berilgan jadvaldan foydalanib, ma'lumotlar qatorining modasini topamiz.

Jadvalda berilgan ma'lumotlar qatoridagi sonlar quyidagilar: 8;8;7;6;9

8 soni ikki marta takrorlanganligi uchun ma'lumotlar qatorining modasi bo'ladi.

Ma'lumotlar qatorining medianasi deb, o'sish tartibida joylashtirilgan sonlar qatorining o'rtasida turgan songa aytiladi.

Masalan, quyidagi jadvalda uy hayvonlarining tahminiy og'irliklari berilgan.

It

Mushuk Tovuq Qo'y Mol

20kg

5kg 3kg 60kg 450kg

Jadvalda berilgan uy hayvonlari og'irliklarining medianasini topamiz. Buning uchun uy hayvonlari og'irliklarini o'sib borish tartibida yozamiz.

3;5;20;60;450

Sonlar qatorining o'rtasidagi son 20 ga teng bo'lganligi uchun ma'lumotlar qatorining medianasi 20 ga teng bo'ladi.